«Ijtimoiy fikr»: Shavkat Mirziyoyev — yil odami
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi yakunlanayotgan yil yakunlari bo‘yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston aholisi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
So‘rovda mamlakatning barcha viloyat va hududlarida istiqomat qilayotgan turli ijtimoiy toifalar, etnik guruhlar, konfessiya va kasblarga mansub 18 dan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning mutlaq aksariyati (90,5 foizi) uchun 2017-yil farovonlik yili, o‘zi va oilasi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yil sifatida esda qoladi. Yangi yilni O‘zbekiston aholisi yaxshi, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Fuqarolarning 83 foizi o‘zlarini baxtli his qilmoqda, deyiladi so‘rov natijalarida.
Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yil odami sifatida e’tirof etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter