Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumatda rokirovkalar davom etmoqda, moliya vaziri o‘zgardi

Hukumatda rokirovkalar davom etmoqda, moliya vaziri o‘zgardi

Hukumatning moliya-iqtisod blokiga mas’ul rahbarlar o‘zgarmoqda, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz»ning hukumatdagi manbasi.

Unga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri lavozimida mehnat qilgan Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi. Endilikda moliya vaziri etib shu paytgacha vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Timur Ishmetov tayinlangan.

Shuningdek, shu paytgacha Iqtisodiyot va sanoat vazirligini boshqargan Botir Xo‘jayev bosh vazirga maslahatchi etib tayinlandi. U hukumat rahbariga Sanoat va kooperatsiyalar bo‘yicha maslahatchi bo‘ladi.

Timur Ishmetovning o‘rniga Nasriddin Xo‘jayev kelishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, bosh vazir maslahatchisi Nodir Otajonov lavozimidan ozod etilib, «O‘zagrotexsanoat» tashkilotiga rahbar lavozimida qoladi.

Ushbu xabarlar rasman e’lon qilinmagan hamda tasdiqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring