Hotamjon Ketmonov yangi lavozimga tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
H. Ketmonov ilgari Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Joriy yilning 1-iyun kuni Hotamjon Ketmonov boshqa ishga o‘tganligi bois, o‘z hohishiga muvofiq partiya yetakchiligidan ozod etilishini so‘rab, ariza bilan Plenum a’zolariga murojaat etgan va uning arizasi qanoatlantirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter