Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada koalitsion bitim imzolandi

Germaniyada koalitsion bitim imzolandi

Foto: «Yeuronews»

12-mart kuni Germaniyaning konservativ ruhdagi Xristian demokratik ittifoqi hamda Xristian sotsialistlar ittifoqidan tashkil topgan blok va Germaniya sotsial-demokratik partiyasi o‘rtasida koalitsion bitim imzolandi. Bu haqda «Yeuronews» telekanali xabar bermoqda.

Endi Bundestagda hozirgi kansler Angela Merkel yana kansler etib tasdiqlanganidan so‘ng hukumatning yangi tartibi shakllantiriladi.

Koalitsiya tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon davom etib kelayotgan edi. Bitim imzolanishi haqida kansler Angela Merkel shunday fikr bildirdi: «Muzokaralar davomida shu narsa aniq bo‘ldiki, bizning oldimizda juda ko‘p vazifalar turibdi. Qiyin va og‘ir vazifalar. Lekin ular davlatimiz ravnaqi uchun juda muhimdir».

Shuningdek, Angela Merkel birlashgan Yevropa manfaatlarini himoya qiladigan hamda Yevropa ittifoqining Rossiya, Xitoy va AQSh bilan aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borishga va’da berdi.

XDI/XSI va GSDP yangi tuzilajak hukumatda oltitadan vazirlik lavozimiga ega bo‘ladi. GSDP rahbari Olaf Shols vitse-kansler va moliya vaziri lavozimini, XSI rahbari Xorst Zeyexofer esa ichki ishlar vaziri lavozimini egallaydi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring