Germaniya prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (video)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar bugun, 28-may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Dastlab, Germaniya Federal prezidentini rasmiy kutib olish marosimi davlat rahbarining feysbukdagi sahifasi orqali namoyish etildi:
Marosimdan so‘ng, tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.
Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter