Germaniya prezidenti may oyida O‘zbekistonga keladi
![Germaniya prezidenti may oyida O‘zbekistonga keladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_222474007.jpg)
Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi shu oy may oyiga rejalashtirilyapti.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Xs.uz».
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Frank-Valter Shtaynmayerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgandi. Federal prezident shu yil bahorida mamlakatimizga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter