Finlyandiya Rossiyadagi «tekshir-tekshirlar» uchun izoh talab qildi
Finlyandiya Rossiyaning portlarida yuk kemalarini tekshirishni kuchaytirilishi munosabati bilan Rossiyadan izoh olishni istaydi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.
So‘nggi kunlarda Rossiyada tekshiruvlar o‘tkazish uchun yettita fin kemasi to‘xtatilgan. «Helsingin Sanomat» gazetasi xabar berishicha, bu voqea Sankt-Peterburg, Viborg, Ust-Luga va Primorskda sodir bo‘lgan.
Finlyandiya bunga nima sabab bo‘lgani haqida Rossiyadan so‘ragan, biroq hali javob olmagan. Finlyandiya yuk tashish assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, odatda, Finlandiya yuk kemalari boshqa mamlakatlarning rasmiy idoralari tomonidan yiliga o‘rtacha ikki marta chet el portlarida tekshiriladi.
Finlyandiya transport va kommunikatsiyalar vazirligi «tekshiruv sabablari va asoslari bo‘yicha Rossiya tomonidan javob kutishini» bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter