Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Farhod Ermanovning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan uning yozma arizasiga ko‘ra, senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Markaziy Saylov komissiyasi  uning vakolatini tugatish bo‘yicha qarorni tasdiqladi. 

Eslatib o‘tamiz, Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimligidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimiga tayinlangandi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning ham vakolati tugatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring