Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeXHT DIIHB missiyasi: saylov – mamlakatning, millatning imiji, obro‘si

YeXHT DIIHB missiyasi: saylov – mamlakatning, millatning imiji, obro‘si

Bugun poytaxtimizda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, saylovga tayyorgarlik jarayonida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning alohida ehtiyojlariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida ham amaliy ifodasini topdi. Prezident saylovini tashkil qilish va o‘tkazishda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning o‘z saylov huquqlaridan teng, to‘sqinliksiz foydalanishini ta’minlash maqsadida saylov uchastkalari binolarini va ovoz berish xonalarini tanlash hamda jihozlashda milliy saylov qonunchiligida belgilangan barcha shart­sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashda qo‘shimcha shart­-sharoit va imkoniyatlar yaratishga doir masala O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati va Nogironlar assotsiatsiyasidan vakillarninng fikr va mulohazalari inobatga olingan holda tashkil etildi.

Xususan, saylov byulleteni brayl alifbosida ko‘p ming nusxada chop etildi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar saylov byulletenida o‘z xohish­irodasini mustaqil ifoda eta olishi uchun har bir saylov uchastkasi trafaret bilan ta’minlandi. Saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari joylashtirildi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi saylovchilar uchun optik lupalar hamda yoritkichlar mavjud bo‘lishi ta’minlandi. Markaziy saylov komissiyasi majlislarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz va telekanallar orqali surdo tarjimada bevosita kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Lutfulla SUVONOV,
"Yangi O‘zbekiston" gazetasi muharriri

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring