Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Kengashi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Yevropa Kengashi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.

«Barqarorlik va farovonlikning asosiy elementlari sifatida qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishga qaratayotgan e’tiboringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz», — deyiladi maktubda.

Yevrokengash prezidenti Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasi bilan yaqin muloqotni davom ettirishga qatiy qaror qilganligini hamda yangi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokara jarayonlarini yakunlashdan manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Sharl Mishel prezident Shavkat Mirziyoyevning iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi mintaqasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish, Markaziy Osiyoda  hamkorlik, xavfsizlik va barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari va sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring