Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Shavkat Mirziyoyevning konseptual maqolasi chop etiladi. Ko‘plab muhim savollarga javob

Ertaga Shavkat Mirziyoyevning konseptual maqolasi chop etiladi. Ko‘plab muhim savollarga javob

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ertaga, 12-sentyabr kuni mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalarida va internet-nashrlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitiga bag‘ishlangan dasturiy ahamiyatga ega, konseptual maqolasi chop etiladi. 

Bu oliy darajadagi uchrashuvdan nimalar kutilyapti? Sammit O‘zbekiston, mintaqa va umuman zamonaviy dunyo uchun qanchalik muhim? Yangi davrda O‘zbekiston nega mintaqaviy va global miqyosda keng hamkorlik va muloqotni ilgari surmoqda? O‘zbekistonning ShHTga raisligi tashkilot faoliyatida qanday aks etdi?

Shu va boshqa muhim savollarga Prezidentimizning ertangi maqolasida javob topish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring