Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning jangovar dronlari O‘zbekistonda chiqarilishi qat’iy inkor qilindi

Eronning jangovar dronlari O‘zbekistonda chiqarilishi qat’iy inkor qilindi

Ukrainalik jurnalist Gordon o‘zining «Dimitriy Gordonnikida mehmonda» loyihasida isroillik milliarder Leonid Nevzlin bilan suhbat uyushtirib, unda Eronning bomba-dronlari O‘zbekistonda yig‘ilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi ushbu holatga munosabat bildirib, O‘zbekiston Ukrainadagi harbiy xarakatlarda qo‘llanilayotgan eron jangovar uchuvchisiz uchish apparatlarining (jangovar dronlar) ishlab chiqarish (yig‘ish) maydoni ekanligi to‘g‘risidagi xabarlarni qat’iy inkor etdi.

«Ta’kidlash joizki O‘zbekiston hozirgi kunga qadar hech qachon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yarog‘  va harbiy texnika ishlab chiqarmaganligini va hozirgi kunda ham ishlab chiqarmayotganini ma’lum qiladi.

Shu munosabat bilan, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatchilik e’tiborini yolg‘on ma’lumotlar bilan chalg‘itishi hamda O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stona munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi», deyiladi qo‘mita matbuot xizmati munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Qodirov ushbu ayblovga munosabat bildirib, Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari bu tuhmatni rasman rad etishi kerakligini aytib chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring