Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emmanuel Makron ilk bor O‘zbekistonga keldi

Emmanuel Makron ilk bor O‘zbekistonga keldi

Foto: Zn.ua

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.  

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.  

Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi.  

O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadilar.  

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investitsiyaviy kelishuvlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.  

Eslatib o‘tamiz, Makron O‘zbekistondan avval Qozog‘istonga tashrif buyurib, Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring