Elchi etib tayinlangan Feruza Mahmudova Tel-Avivga yetib bordi
2020-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Feruza Mahmudova Toshkentdan Tel-Aviv shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda TIV.
U avval O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati beshinchi yalpi majlisida Feruza Mahmudovani O‘zbekistonning Isroildagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter