YI O‘zbekistondagi prezident saylovi yuzasidan bayonot berdi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
«Yevropa Ittifoqi ovoz berishning tinch o‘tgani, saylovchilarning yuqori ishtiroki va jiddiy taranglik alomatlari kuzatilmaganini olqishlaydi. Biz xalqaro saylovlarni kuzatish bo‘yicha to‘laqonli Missiyaning joylashtirilishini ma’qullaymiz», – deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, YI YXHT Parlament assambleyasi va Yevropa parlamenti delegatsiyasi ishtirokidagi YXHT/DIIHB xalqaro saylovlarni kuzatuv missiyasining dastlabki xulosalari va xulosalari to‘g‘risidagi bayonotini e’tiborga oladi va yakuniy hisobot hamda uning tavsiyalarini kutadi.
Rasmiy Bryusselga ko‘ra, saylov jarayonida ayrim kamchiliklar ham kuzatilgan.
Ta’kidlanishicha, saylov o‘zbek saylovchilariga hukumatni isloh qilish borasidagi istak-niyatlarni namoyon etish imkonini berdi. Ayni choqda, saylov to‘liq qonuniylikka erishishga qaratilgan ekan, demokratlashtirish jarayonini yakunlash uchun taraqqiyotni davom ettirish talab etiladi.
«Yevropa Ittifoqi – O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va Markaziy Osiyodagi ushbu muhim va qadrli hamkor bilan munosabatlarini mustahkamlash tarafdori», – deb yakunlanadi rasmiy bayonot.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter