Dmitriy Medvedev Xorazmga bordi
Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya 29-may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.
O‘zAning ma’lum qilishicha, Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya bugun, 30-may kuni Xorazm viloyatiga borgan.
Urganch xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov kutib oldi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Mazkur tadbir ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli bo‘lib, unda ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari tomonidan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 24 aprelda bo‘lib o‘tgan yigirmanchi yig‘ilishi yakunlari sarhisob qilinadi va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va ularning tarkibini amaliy jihatdan boyitish masalalari muhokama qilinadi.
Yig‘ilish yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter