Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: DSQ axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi tegishli qaroriga asosan Fayzibayev Alimjan Elchiyevich Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi. 

A.Fayzibayev davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1995-yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan boshlagan.

Keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2000-2013-yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2017-yil may oyidan buyon Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring