Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat dasturi: Endilikda har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimga munosib ekanini isbotlashi shart

Davlat dasturi: Endilikda har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimga munosib ekanini isbotlashi shart

Illyustrativ surat

Foto: «24.kz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Davlat dasturi kecha, 22 -yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan. Undan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. Davlat dasturining birinchi bo‘limi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoniga sharhda qayd etilishicha, «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi bu boradagi muhim qadam bo‘ladi. Ushbu hujjat, avvalo, davlat idoralarida xizmatni haqiqatdan nufuzli faoliyatga aylantiradi, davlat xizmatchilarining mehnat haqi va ijtimoiy himoyasi uchun munosib tizim shakllantiradi, yuklatilgan vazifalarning sifatli ijrosi uchun davlat xizmatchilarining javobgarligini oshiradi. Endilikda har bir davlat xizmatchisi egallab turgan lavozimga munosib ekanini har kuni isbotlashi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring