Bugun O‘zbekistonga yana qaysi davlat rahbarlari kelishi ma’lum bo‘ldi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik borasida brifing o‘tkazib, ma’lumotlar berib o‘tdi. Xabar.uz muxbiri ushbu brifingda ishtirok etdi.
Ayni daqiqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloning tashrifi kutilmoqda.
— Avval xabar berganimizdek, bugun Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy tashrifi boshlanadi. U Samarqandga tushdan so‘ng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi. Qolgan barcha mehmonlar tashrifi esa ertaga, 15-sentyabr kuni kutilmoqda, — dedi Sherzod Asadov.
Bugun ko‘plab ikki tomonlama muzokaralar rejalashtirilgan. Kechga yaqin ShHT sammitining norasmiy tadbirlari boshlanadi. Asosiy tadbir esa 16-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi turizm markazidagi Kongress xolda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter