Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Breksit O‘zbekiston va Britaniya hamkorligini kuchaytiradi

Breksit O‘zbekiston va Britaniya hamkorligini kuchaytiradi

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan so‘ng O‘zbekiston – Buyuk Britaniya o‘rtasidagi barcha sohalarda har tomonlama amaliy hamkorlik yanada rivojlanadi.

Bugun, 31-oktyabr kuni TIVda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Buyuk Britaniyaning elchisi Timoti Torlot imzolagan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda shu haqda so‘z borgan.

Shuningdek, bitim keng qamrovli hujjat bo‘lib, u amaldagi huquqiy asosni saqlash va tomonlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Shartnoma tomonlarning ichki davlat jarayonlarining bajarilishi to‘g‘risidagi so‘nggi yozma ma’lumot olingan sanadan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.

Hujjatda shartnoma kuchga kirgunga qadar vaqtincha qo‘llash imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring