Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bosh kotibi Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning qayta tiklanishini olqishladi

BMT bosh kotibi Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning qayta tiklanishini olqishladi

Bosh Assambleya prezidenti ham ushbu voqeaga munosbat bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Foto: «Minval.az»

BMT bosh kotibi hamda Bosh Assambleya ikki Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning qayta tiklanishini olqishlashdi, deya xabar beradi «Yevropa 1» radiosi.

«Antonio Guteresh ikki Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning qayta ochilishini qutlaydi»-deya ma’lum qildi BMT matbuot kotibi Farhan Haq har kungi BMT matbuot anjumanida. Shuningdek, Bosh Assambleya prezidenti, Slovakiya tashqi ishlar vaziri Miroslav Laychak ham ushbu voqeaga munosbat bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Chorshanba kuni Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili bilan uchrashuv chog‘ida, Laychak, Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya bilan muzokaralarga kirishishga tayyorligidan, shuningdek, qishki olimpiya o‘yinlarida shimolliklarning ishtirok etishlari mumkinligidan hamda muzokaralarning yangi yo‘lagi ochilishidan xursand ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp bugun «Tvitter» sahifasida ikki Koreya o‘rtasidagi muzokaralar yo‘lagining qaytadan ochilishidan xursand ekanligini va bu juda ajoyib ish bo‘lganini aytib o‘tgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring