Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT: IShID ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng 3,2 million iroqlik qochoq vataniga qaytdi

BMT: IShID ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng 3,2 million iroqlik qochoq vataniga qaytdi

Harbiy amaliyot tugaganidan so‘ng mamlakatga qaytib kelayotgan qochoqlar soni ortib bormoqda.

Foto: «blick.ch»

Urush sababli vatanini tashlab ketgan 3,2 million iroqlik o‘z uyiga qaytdi. Bu haqda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik xabar qildi, deb yozmoqda TASS.

U BMTning Gumanitar masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib ushbu ma’lumotlarni keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID terroristik guruhiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot tugaganidan so‘ng mamlakatga qaytib kelayotgan qochoqlar soni ortib bormoqda.

«3,2 million kishi o‘z yurtiga qaytib keldi. Yanvar oyida bu raqam 2013-yilning dekabrida inqiroz boshlanganidan beri hozirgi paytda 2,6 million kishini tashkil etuvchi iroqlik qochqinlar sonidan oshdi», —dedi Dyujarrik.

So‘nggi oylarda qochoqlar asosan Anbar, Naynavo va Salohiddin viloyatlariga qaytib kelishgan. Ular qaytib kelganlarning 82 foizini tashkil qilgan.

IShID jangarilari 2014-yilning yozida keng ko‘lamli janglar olib bordi. O‘sha yilning iyun oyida mamlakatning ikkinchi yirik shahri, Naynavo viloyatining markazi bo‘lgan Mo‘sul shahrini qo‘lga kiritib, o‘z «davlati»ning poytaxti deb e’lon qildilar.

2015-yilda AQSh boshchiligidagi terrorizmga qarshi kurash koalitsiyasi ko‘magida Iroq armiyasi bosib olingan hududlarni ozod qilish kampaniyasini boshladi. 2017-yilning iyul oyida Mo‘sul shahri qaytarib olindi va noyabrga kelib jangarilar g‘arbdagi oxirgi yirik qal’asi, ya’ni Rava shahridan quvildi. Dekabr oyining boshlarida Iroq Bosh vaziri Haydar Obodiy mamlakatdagi terrorchilik guruhiga qarshi urush tugaganini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring