Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beshta partiyaga Prezident saylovida ishtirok etishga ruxsat berildi

Beshta partiyaga Prezident saylovida ishtirok etishga ruxsat berildi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan beshta partiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun guvohnoma topshirildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 63-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Ekologiya partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berishni so‘rab taqdim qilgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, mazkur partiyalarga 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi uchun ijozat berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi», — dedi bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Zayniddin Nizomxo‘jayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring