Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida suv sathi 2,5 metrga pasaygan
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun Navoiy viloyatida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.
— Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash, keyingi besh yillikda ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Mazkur ko‘llar tizimida yillik suv yo‘qotish 3 milliard kub metrni tashkil etib, suv sathi 2,5 metrgacha pasayib ketgan, suvdagi tuzlar miqdori 2 barobar oshgan. Ushbu ko‘llar tizimini tiklash bo‘yicha alohida dasturni amalga oshiramiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, yana 800 gektargacha bo‘lgan qirg‘oq bo‘ylarida ixotazorlar tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter