Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning Pxenyanga ogohlantiruvchi zarba berishi haqida gapirishga hali erta

AQShning Pxenyanga ogohlantiruvchi zarba berishi haqida gapirishga hali erta

Foto: Rambler

AQSh KXDRga nisbatan ogohlantiruvchi zarbalar berishi haqida gapirishga hali erta. Ammo bu narsa uning rahbari Kim Chen Inga bog‘liq. Bu haqda Myunxenda davom etayotgan xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada AQShlik senator Jeyms Rish yakshanba kuni ma’lum qildi.

«Hammasi bir kishiga (Kim Chen Inga) bog‘liq, — dedi u. — Prezidentimizning qaroriga shubha bilan qaraydiganlar xato qilishadi. Buning oqibatini tasavvur qilish ham qiyin».

«Hozircha ogohlantiruvchi zarabalar haqida hech qanday gap yo‘q. AQSh ma’muriyati bunga harakat qilayotgani ham yo‘q. Mojaro jiddiy tus olsa falokat yuz berishi mumkin», — deya ogohlantirdi Rish. Shuningdek, u Xitoyni mintaqadagi vaziyatni yumshatish uchun faolroq harakat qilishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring