IShID ustidan g‘alaba qozonishiga bir necha hafta qoldi

«IShID guruhining mag‘lubiyatiga bir necha hafta qolmoqda deyish mumkin» degan general.
«Islomiy davlat» terrorchilik guruhi ustidan g‘alabaga bir necha hafta ichida erishiladi. Bu haqda dushanba kuni «Fox News» telekanali Iordaniya milliy harbiy universitetida chiqish qilgan AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i general Jozef Voteldan iqtibos keltirgan holda xabar qildi, deya yozmoqda TASS.
«IShID guruhining mag‘lubiyatiga bir necha hafta qolmoqda deyish mumkin», — dedi Votel. Shu bilan birga Furot daryosi vohasida hali qattiq janglar bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Amerikalik generalning so‘zlariga qaraganda, «IShID mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, Suriyada doim mavjud bo‘lgan muammolar birinchi o‘ringa chiqadi». Natijada Suriyadagi mojaroga yechim topish mumkin bo‘ladi, ammo jarayon juda qiyin kechadi.
Shu munosabat bilan telekompaniya IShID Suriya va Iroqda deyarli tor-mor etilganini, lekin u ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z tarafdorlarini teraktlar sodir etishga tinmay da’vat qilayotganini eslatib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter