AQSh BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektori bo‘yicha bayonotini blokladi

«7-aprel kuni AQSh BMT Xavfsizlik kengashining Isroil chegarasida ikki haftadan buyon davom etayotgan vaziyat yuzasidan tayyorlagan bayonotini blokladi. Bu haqda Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur jurnalistlarga ma’lum qildi», — deya xabar bermoqda «RIA Novosti».
«Afsus bilan shuni ma’lum qilmoqchimanki, bir necha daqiqa oldin Xavfsizlik kengashiga a’zo 15 davlatdan bittasi qarshi ovoz berdi. Bu AQSh tomonidan mas’uliyatsiz qaror bo‘ldi», — degan Mansur.
Uning so‘zlariga ko‘ra AQShning bunday qarorlari Isroil armiyasi falastinlik fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlikni davom ettirishiga yo‘l ochib beradi.
O‘z navbatida, Isroilning BMTdagi doimiy vakili Danni Danon BMT XKni HAMASni mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirayotgani, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yib, ulardan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani uchun javobgarlikka tortishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki haftadan buyon juma kunlari G‘azo sektorining Isroil bilan chegarasida Isroil agressiyasiga qarshi ko‘p ming kishilik «Buyuk qaytish marshi» namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. 30 mart kuni boshlangan to‘qnashuvlar oqibatida 21 falastinlik halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter