Aqilbek Japarov Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi
Toshkent investitsiya forumi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston ko‘p qirrali hamkorligiga oid amaliy jihatlar muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jadal muloqotlar davom ettirilmoqda, muhim iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda O‘sh shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi teatrning yangilangan binosi tantanali ochildi, Qo‘qon shahrida esa sportchilarning spartakiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hududlar forumi va Avlodlar uchrashuvini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Davlatimiz rahbari avtomobilsozlik, energetika, transport infratuzilmasi, poytaxtlarda savdo uylarini ochish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter