Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Allamjonovga tuhmat qilgani aytilgan jurnalist 3 yilga «kesilishi» mumkin

Allamjonovga tuhmat qilgani aytilgan jurnalist 3 yilga «kesilishi» mumkin

Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonovga tuhmat qilgani aytilgan mustaqil jurnalist Sergey Yejkovga 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Yejkovga Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) bilan jinoiy ish ochilgan. Jurnalistga nisbatan moddaning eng og‘ir, 3-qismi qo‘llanilgan: og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish.

66 yoshli Sergey Yejkov maqolasi bo‘yicha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ekspertiza xulosasini bergan.

Lekin sud ishni ko‘rayotgan paytda ma’muriy jazo ham qo‘llashi mumkinligi aytilmoqda. Masalan, qanchadir muddat professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini cheklash.

Aytilishicha, Yejkov ayni paytda uyda, unga nisbatan hozircha rasmiy ayblov qo‘yilmagan. U bugungi kunda og‘ir ko‘z kasalligidan aziyat chekyapti, o‘zi mustaqil yura olmaydi va hech nima o‘qiy olmaydi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil jurnalistlar kasb bayrami arafasida prezident farmoni bilan «Uzmetronom.com» veb-sayti bosh muharriri Sergey Yejkov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Komil Allamjonov Sergey Yejkov ustidan huquqni muhofaza qilish organiga ariza bergan. Gap shundaki, shu yilning 21 fevral kuni Sergey Yejkov Uzmetronom.com saytida «Brilliantoviy malchik» sarlavhasi ostida maqola e’lon qilgan. Unda Komil Allamjonov 4,2 mln. dollarlik tilla taqinchoqlar O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishida sherikchilikda ayblangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring