Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi

Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi

O‘zbekistonga kelib ketayotgan samolyotlarni kuzatadigan "Telegram"dagi "AviaSpotter" kanalining ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunlarda "Toshkent" xalqaro aeroportiga dunyoning turli oligarxlariga qarashli shaxsiy va tijoriy aviajetlar serqatnov bo‘lib qolgan.

"Turon24" AA bergan axborotga ko‘ra, bu milliarder Alisher Usmonovning bugun, 9-sentabr kuni Toshkentda nishonlanadigan tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

7-sentabrdan boshlab Toshkentga turli rusumdagi samolyotlar charter reyslar bilan kirib kelmoqda. Alisher Usmonovning "Bourkhan" avialayneri ham shu kuni Sochidan uchib kelib, poytaxtga qo‘ngan. Shuningdek, Toshkentga turli nufuzli futbol klublaridan vakillar tashrif buyurmoqda. Xususan, "Vnukovo" aeroportidan SSKA prezidenti Yevgeniy Giner uchib kelgan. Bundan tashqari, "GainJet Aviation"ga qarashli Angliyaning "Manchester Siti", "Tottenxem", Portugaliyadan "Benfika" klublariga xizmat ko‘rsatadigan VIP konfiguratsiyali "Boeing 737-23N" samolyoti ham O‘zbekistonga yetib keldi.

Rossiyalik biznesmen, "Magnitogorsk metallurgiya kombinati" direktorlar kengashi raisi va strategik rejalashtirish qo‘mitasi raisi Viktor Rashnikovning shaxsiy "Bombardier golfstream G650" samolyoti ham 8 sentyabr kuni Toshkentga qo‘ngan.

Hozirgacha 15 ga yaqin shaxsiy va tijoriy aviajet Rossiya va Yevropadan "Toshkent" xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-avgustdagi farmoni bilan Rossiyaning "USM Holding" aksionerlik jamiyati ta’sischisi Alisher Usmonov "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring