Alisher Usmonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Alisher Ataxanovich Usmonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
U 2018-yil fevralida Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Undan ham avval Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter