«Gordonni uzr so‘rashga majbur qilish kerak» — Alisher Qodirov jiddiy ayblovga munosabat bildirdi
Ukrainalik bloger Dmitriy Gordon Leonid Nevzlin bilan suhbatida Eronning bomba-dronlari O‘zbekistonda yig‘ilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ushbu jiddiy ayblovga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov o‘zining telegram kanali orqali munosabat bildirdi.
«Bu asossiz va mas’uliyatsiz e’lonni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.
O‘zbekiston rus agressiyasini hech qanday shaklda qo‘llab-quvvatlamasligini, muzokaralar va hududiy yaxlitlikni qo‘llab-quvvatlaydigan betaraf pozitsiyasini fuqarolarimiz ham butun dunyo ham juda yaxshi tushunib bo‘ldi.
Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari bu tuhmatni rasman rad etishi va Gordonni uzr so‘rashga majbur qilishi kerak», dedi u o‘z munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu suhbat kecha, 26 oktyabr kuni e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter