AIF: Toshkentdagi Afg‘oniston elchixonasi «Tolibon» bilan aloqada emas
Toshkentdagi Afg‘oniston elchixonasi «Tolibon» bilan aloqaga chiqmagan. Bu haqda «RIA Novosti»ga diplomatik vakolatxona xodimlaridan biri xabar bergan.
Shuningdek, u elchixona odatdagidek ishlayotganini va viza olish uchun murojaat qilgan tashrifchilarni muntazam qabul qilib turishini ta’kidladi.
Afg‘onistonning qo‘shni Tojikistondagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari ham xuddi shunday yo‘l tutishdi, lekin ular o‘zini amaldagi Afg‘oniston prezidenti deb e’lon qilgan Amrulla Solihni mamlakat rahbari sifatida ochiq tan oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter