Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston Prezidenti hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi

Afg‘oniston Prezidenti hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transort va energetika sohalaridagi loyihalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatlarning Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasini o‘tkazishga oid birgalikdagi tashabbusini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan sa’y-harakatlar uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring