Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyani Toshkentda o‘tkazishga kelishib oldi

Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyani Toshkentda o‘tkazishga kelishib oldi

Foto: Twitter / UNDP Uzbekistan

Joriy yilning 6-7-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga borishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 7-fevral kuni Abdulaziz Komilov Pekin shahrida Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-13-maydagi davlat tashrifi va Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Shuningdek, suhbat chog‘ida vazirlar tomonidan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lajak konferensiya kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Konferensiya O‘zbekiston va Afg‘onistonning qo‘shma tashabbusiga ko‘ra Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring