Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan muloqot qildi

Abdulla Aripov Dmitriy Medvedev bilan muloqot qildi

Foto: «Sputnik»

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda ikki davlat prezidentlarining muntazamlik kasb etgan uchrashuv va muloqotlarida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik, ko‘p qirrali amaliy hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Urganch shahrida joriy yil 30 may kuni bo‘lib o‘tgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning ilk majlisi o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini istiqbolli loyihalar asosida kengaytirish, oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Hukumat rahbarlari birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi mamlakatlarimiz uchun foydali muloqotlarga boy bo‘layotganini, uning doirasida bildirilayotgan takliflar ikki va ko‘p tomonlama muloqotni faollashtirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring