Abdulaziz Kamilov «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» uchrashuvida qatnashadi
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2020-yil 17-noyabr kuni videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» 16-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, o‘zaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari va mintaqalararo aloqalarni ilgari surishning amaliy jihatlari muhokama qilinadi.
Shuningdek, vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter