Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Kamilov «Tolibon» harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

Abdulaziz Kamilov «Tolibon» harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

28-fevral kuni Doxa shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi «Tolibon» harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirgan. U O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli afg‘on mojarosi yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida ekanligini e’tirof etgan.

«Shu o‘rinda mulla Barodar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi, ularning asosiy maqsadi afg‘on xalqining farovonligi va rivojlanishi, Afg‘onistonning tinch va barqaror davlat sifatida taraqqiy etishi ekanligi qayd etildi»-, deyiladi xabarda.

Avvalroq, AQSh va «Tolibon» harakati o‘rtasida tinchlik bitimi imzolangani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring