7 ta hokimga hayfsan berildi, o‘rinbosarlari ishdan olindi
Shavkat Mirziyoyev faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga nisbatan oxirgi marotaba hayfsan berish, ushbu tuman va shahar hokimlarining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlarini lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma bergan.
Bugun bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda tadbirkorlar xizmatlar sohasida asosan 3 ta masala – yer, bino va infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani aytilgan. So‘nggi ikki oyda 23 mingdan ziyod yer maydonlari savdoga chiqarilgan, shundan 12 mingtasi yoki 60 foizi xizmat ko‘rsatish joylarini tashkil etish uchun qo‘yilgan.
Bunda 63 ta tuman va shaharda auksionga qo‘yilgan yer uchastkalarining soni 100 tadan ko‘p bo‘lsa, 27 ta tumanda 10 taga ham yetmaydi. Misol uchun, Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon, Xiva, Urganch shaharlari, Toshkent, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlarida savdoga qo‘yilgan yerlar soni 10 tadan oshmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter