2000-yildan buyon dunyo bo‘yicha muhojirlarning soni 49 foizga o‘sdi
2000-yildan beri dunyodagi muhojirlar soni 49 foizga o‘sdi, bu aholining tabiiy o‘sishidan ikki barobar ortiq. Mazkur ko‘rsatkich 23 foizni tashkil etadi va kelajakda odamlar harakatining miqyosi faqat o‘sadi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish hisobotida e’lon qilindi, deya yozmoqda «TASS».
Guterrish Xalqaro migratsiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda 258 millionga yaqin muhojir mavjud ekanini esga oldi. «BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2000 yildan beri migrantlarning umumiy soni 49 foizga o‘sdi va aholining tabiiy o‘sishi 23 foizni tashkil etdi. Natijada, migratsiyaning dunyo aholisi sonidagi ulushi 2,8 foizdan 3,4 foizgacha oshdi. Iqlim o‘zgarishining ta’siri va shu kabi boshqa omillar bilan birgalikda demografik tendensiyalar kelajakda migratsiyani yanada oshiradi», deydi bosh kotib.
U BMTning 2018-yil uchun ustuvor yo‘nalishdagi asosiy vazifasi sifatida xavfsiz, tartibli va muntazam ravishda ko‘chib o‘tish bo‘yicha global kelishuv qabul qilinishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga qaranganda, mazkur tushunchadan kelib chiqadigan tavakkalchiliklarni kamaytirishga mukkasidan ketish o‘rniga migratsiyadan imkoni boricha manfaatli foydalanish, hozirgi paytda xalqaro hamjamiyat oldida turgan muhim masalalardan hisoblanadi.
— Davlatlar xalqaro huquqning turli sohalarida, shu jumladan, inson huquqlari sohasida asosiy vositalar va standartlarni yaratish va yaqin o‘tmishda bir necha deklaratsiya va kelishuvlarni qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab majburiyatlarni oldi. Siyosiy qarorlar qabul qilish tezligi ko‘pincha a’zo davlatlarning ambitsiyalariga mos kelmaydi. Shartnoma bu bo‘shliqni bartaraf etish uchun imkoniyatdir, — dedi Bosh kotib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter