Muxolifatchi Xorvatiya prezidenti bo‘ldi
Xorvatiya sobiq bosh vaziri Zoran Milanovich kecha, 5-yanvar kuni o‘tkazilgan ikkinchi tur saylovlaridan so‘ng raqibi — amaldagi prezident Kolinda Grabar-Kitarovichdan 5 foiz ko‘p ovoz to‘plab, Xorvatiya prezidenti bo‘ldi. Bu haqda «Total Croatia News» xabar berdi.
Saylov komissiyasi ovozlarning 99,85 foizini hisoblab chiqqanidan so‘ng, Milanovich 52,7 foiz, Grabar-Kitarovich 47,3 ovoz to‘plagani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: muxolifatchi Sotsial-demokratlar partiyasi yetakchisi Zoran Milanovich 2011—2016-yillarda Xorvatiya bosh vaziri bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter