Zominda «Besh muhim tashabbus» doirasida yoshlar forumi tashkil etildi
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Besh muhim tashabbus»ning 3-yo‘nalishi «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish» doirasida Jizzax viloyati Zomin tumanida yoshlar forumi o‘tkazildi.
Forum Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va IT-park Jizzax filiali bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga IT-park faoliyati, startap loyihalar, Robototexnika hamda IT markazlarida tashkil qilingan kurslar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter