Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zomin va Baxmal uchun maxsus prokuratura tashkil etiladi

Zomin va Baxmal uchun maxsus prokuratura tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentimizning joriy yilning 27-aprelida «Jizzax viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy hududlar egallagan yerlar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yaxshilash maqsadida Bosh prokuratura, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Bosh prokuratura tizimida 8 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring