Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zomin milliy tabiat bog‘ining qo‘riqlanadigan va chegara oldi maydonlariga kirish taqiqlandi

Zomin milliy tabiat bog‘ining qo‘riqlanadigan va chegara oldi maydonlariga kirish taqiqlandi

Foto: «Sangzor.uz»

Jizzax viloyati tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi va Zomin milliy tabiat bog‘i ma’muriyati dam oluvchilardan bir qator talablarga rioya qilishni so‘radi.

«Hurmatli vatandoshlar!

Zomin milliy tabiat bog‘i ma’muriyati Sizdan yoz mavsumining issiq kelishi natijasida quyidagi qoidalarga rioya qilishingizni so‘raydi!

Havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida Zomin milliy tabiat bog‘i hududiga keluvchi dam oluvchilar oqimi ko‘payayotganligi munosabati bilan hududga har xil turdagi maishiy chiqindilarni tashlamaslikni;

O‘simlik dunyosining qizil kitobga kiritilgan ko‘plab turlarini payxon qilmaslikni;

Ayniqsa yuqori tog‘ zonalari (Sufa, Qashqasuv, Irg‘aylisoy) chegara oldi hududlaridagi tabiiy boyliklarni asrab-avaylashingizni, eng muhimi yong‘inlarni oldini olishda e’tiborli bo‘lishga chaqiradi.

Yuqoridagi omillarni e’tiborga olib Zomin milliy tabiat bog‘i ma’lum muddatga milliy tabiat bog‘ining qo‘riqlanadigan hududlari va chegara oldi maydonlarining tabiiy holatini asrash va yong‘in xavfini oldini olish maqsadida vaqtincha dam oluvchilar oqimini qo‘riqlanadigan hududlarga kirishini taqiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring