Zarafshonda ko‘plab odamlarni qum bosib qolgani haqidagi xabarga FVV izoh berdi
Telegramdagi kanallarning birida «Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kovlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgan. Lekin bu haqida hamma joyda sukunat. Rasmiy munosabat kutib qolamiz» mazmunidagi xabar tarqaldi.
«Xabar.uz» ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida FVV matbuot xizmati bilan bog‘landi. Matbuot xizmati vakilining xabariga ko‘ra, ushbu xabar hozircha o‘z tasdig‘ini topmagan.
Qo‘shimcha qilinishicha, hamkor tashkilotlar bilan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter