Zangiotada ayol ayovsiz kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida erkak 5 soat davomida xotinini kaltaklab, o‘ldirishga uringani aytilgan xabarlar tarqaldi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Toshkent viloyati, Zangiota tumani «Xo‘jamozor» mahallasida yashovchi fuqaro bilan bog‘liq holat Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy boshqarmalari boshliqlari - Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Umarova va Toshkent viloyat hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyevalar tomonidan o‘rganilgan. Ayol bilan suhbatlashilgan.
«Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda zo‘ravonga nisbatan qonuniy jazo qo‘llash va ayolni sog‘lig‘i to‘liq tiklanib ketishi, tegishli barcha davolash ishlarining amalga oshirilishini mas’ullar tomonidan nazoratga olingan», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter