Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotada 200 000 AQSh dollariga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Zangiotada 200 000 AQSh dollariga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari  bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Fuqaro J.U. Zangiota tumani, «Ilg‘or» MFY hududida davlat zaxirasida bo‘lgan 0,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 200 000 AQSh dollariga sotishini aytib, tegishli hujjatlarni tuman yer kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishi evaziga oldindan 40 000 AQSh dollarini fuqaro X.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring