«Yuventus» A seriyadan chetlatilishi mumkin
Turinning «Yuventus» jamoasi A seriyadan chetlatilish xavfi ostida. Bu haqda sport sohasi yuristi Mattia Grassani ma’lum qildi.
«Hali «Yuventus» bu kabi jiddiy taftishni boshdan o‘tkazmagan. Jamoa fond bozorlarida noqonuniy faoliyat olib borgan, korporativ va sport yo‘nalishlaridagi qoidalarni jiddiy buzgan. Turin jamoasi quruq jarima bilan qutulishi qiyin, A seriyadan pastki ligaga tushirib yuborilishi ham mumkin», — yuristning so‘zlarini keltirdi La Repubblica.
Eslatib o‘tamiz, 29-noyabr sanasida «Yuventus» direktorlar kengashi to‘liq tarkibda iste’foga chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter