Elektron hukumat markazi yuqori maoshli ish taklif qilmoqda
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi quyidagi bo‘sh ish o‘rini uchun nomzodlarni taklif etadi:
▪️ IT-tahlil mutaxassisi
Nomzodlarga asosiy talablar:
- Axborot texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
- “Elektron hukumat” sohasida nazariy va amaliy bilimlar (IT-loyihalarni muvofiqlashtirish, Axborot tizimlari, ularni integratsiyalash, unifikatsiya qilish, ma’lumotlar bazalari, API, YaIDXP bilan ishlash va boshqalar).
- A’lo darajadagi yozma va og‘zaki savodxonlik (o‘zbek, rus tillari. Ingliz tilini biladigan nomzodlar ijobiy baholanadi).
- Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint v.b.) dasturlarini mukammal bilish.
- Veb-texnologiyalarda ishlash (HTML, CSS, CMS, CRUD, REST, API, Client-server haqidagi nazariy bilimlarga ega bo‘lish);
- Halolllik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan bilan yondashish.
- Professional etiket, atrofdagilarga, shuningdek, hamkasblarga xurmat bilan munosabatda bo‘lish, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Muomala madaniyati, o‘z fikri va mulohazalarini ifodalay olish, shuningdek, muzokara olib borish qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish.
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lish va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
Asosiy vazifalar:
▪️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari loyihalari monitoringni olib borish va hisobotlarni yuritish.
▪️ Elektron hukumat va davlat xizmatlari sohasida masofaviy va elektron shakldagi qulayliklar yaratish ishlarida ishtirok etish.
▪️ Veb-sayt va axborot tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan izlanishlar olib borish.
▪️ Hududlarda raqamli rivojlanish darajasini tahlil qilish va baholash.
▪️ Axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish. Vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarini maqsadli ishlab chiqilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.
Ish sharoiti:
▪️ munosib ish haqi (suhbat davomida muhokama qilinadi);
▪️ barcha sharoitlarga ega shinam ofis va quvnoq jamoa;
▪️ 5/2 ish jadvali, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
▪️ lavozim ko‘tarilishi imkoniyati;
▪️ tibbiy sug‘urta.
Ish o‘rni sizni qiziqtirib qo‘ydimi?
Elektron pochtaga xabar yuboring: [email protected]
Telegram: @egovuz_bot
Ma’lumot uchun telefon: +998 55-501-36-30
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter