Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yulduz Usmonovadan 195 mln so‘m undirildi

Yulduz Usmonovadan 195 mln so‘m undirildi

Joriy yilning 16-17 mart kunlari ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Yu.Usmonovaga oid ijro ishi bo‘yicha turli xabarlar tarqatildi.

MIB matbuot xizmatining xabar berishicha, mavjud ijro ishi bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 29.10.2021 yildagi qarzdor Yu.Usmonovadan undiruvchi Y.Ro‘ziyev foydasiga 50 mln. so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, mazkur da’vo ariza bilan murojaat qilishda to‘langan 1 mln. 80 ming so‘m miqdorida davlat boji, qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdorida (270.000x500=135.000.000) tovon puli, jami 186 mln. 80 ming so‘m va davlat foydasiga 5 mln. 400 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasiga yuzasidan qarzdor Yu.Usmonovaga nisbatan 2 ta ijro ishi Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limiga 02.02.2022 yilda ijro ishi yurituviga kelib tushgan.

Ushbu ijro ishi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi tomonidan ijro ishi vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.

Shundan so‘ng, Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimi bilan sudning 29.10.2021 yildagi hal qiluv qarori hamda Toshkent shahar sudi fuqarolik hay’atining 18.01.2022 yildagi ajrimi o‘zgarishsiz hamda kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasligi ko‘rsatilgan.

Shunga asosan, ijro harakatlarini davom ettirish jarayonida  zararni ixtiyoriy ravishda qoplash masalasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Natijada, jami 195 mln. 384 ming so‘mlik zarar, davlat boji va boshqa to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, undirilgan zarar fuqaro Y.Ro‘ziyevning plastik kartochkasiga o‘tkazib berilgan. Shu asosda, ijro hujjati tamomlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring